METABOLIK SINDROMDA OYOQ ARTERIYALARINING SEGMENTAR MORFOLOGIK REMODELLANISHI VA RAQAMLI MORFOMETRIK BAHOLASH
Otamurodov A.N
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Termiz, O‘zbekiston
Khoshimov B.L
Kimyo International University in Tashkent, Toshkent, O‘zbekiston
Keywords: metabolik sindrom, periferik arteriyalar, segmentar remodellanish, raqamli morfometriya, tizza osti arteriyasi, katta boldir arteriyalari, kollagen, elastik tolalar, endoteliy, tomir devori.
Abstract
Tadqiqotning maqsadi metabolik sindrom sharoitida oyoq arterial o‘zani bo‘ylab morfologik o‘zgarishlarning bir xil kechmasligini aniqlash va distal arterial segmentlarning metabolik ta’sirga sezgirligini morfometrik jihatdan tavsiflashdan iborat. 90 ta jinsiy voyaga yetgan oq erkak laboratoriya kalamushlarida yuqori kaloriyali parhez va 10% li fruktoza eritmasi asosida metabolik sindrom modeli yaratildi. Tashqi yonbosh, son, tizza osti, oldingi va orqa katta boldir arteriyalari tekshirildi. Raqamli morfometriya yordamida tomir diametrlari, devor qalinligi, intima va media ko‘rsatkichlari, ichki elastik membrana, silliq mushak hujayralari, kollagen va elastik tolalar hamda endoteliositlarning morfometrik xususiyatlari baholandi. Tadqiqot metabolik sindromda patologik qayta qurilish arterial o‘zan bo‘ylab notekis tarqalishini ko‘rsatdi. Eng yaqqol o‘zgarishlar tizza osti, oldingi va orqa katta boldir arteriyalarida kuzatildi. Distal segmentlarda tomir bo‘shlig‘ining ko‘proq torayishi, devor qalinlashuvi, elastik tolalar kamayishi, kollagen tolalar ko‘payishi va silliq mushak hujayralari gipertrofiyasi qayd etildi. Natijalar raqamli morfometriya periferik arterial remodellanishning segmentar xususiyatlarini yuqori aniqlikda baholashga imkon berishini ko‘rsatadi.
References
1. Dietary Supplementation with Silicon-Enriched Spirulina Improves Arterial Remodeling and Function in Hypertensive Rats. PMC, 2019. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC6893466/
2. Geographic distribution of metabolic syndrome and its components in the general adult population: A meta-analysis of global data from 28 million individuals. ScienceDirect, 2022. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0168822722007380
3. Impaired Elastic Properties of the Aorta in Fat-Fed, Streptozotocin-Treated Rats: Vascular Remodeling in Diabetic Arteries. Cardiology, 2009. https://karger.com/crd/article-abstract/114/2/107/77363/
4. Microstructural Characterization of Resistance Artery Remodelling in Diabetes Mellitus. Journal of Vascular Research, 2022. https://karger.com/jvr/article/59/1/50/824332/
5. Peripheral Artery Disease: Molecular Mechanisms and Novel Therapies. Arteriosclerosis, Thrombosis, and Vascular Biology. https://www.ahajournals.org/doi/10.1161/ATVBAHA.124.320195
6. Renal denervation restores biomechanics of carotid arteries in a rat model of hypertension. PMC, 2023. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC10503847/
7. Survey of the extracellular matrix architecture across the rat arterial tree. PMC, 2022. https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC8739875/
8. The Role of Vascular Smooth Muscle Cells in Arterial Remodeling: Focus on Calcification-Related Processes. International Journal of Molecular Sciences, 2019. https://www.mdpi.com/1422-0067/20/22/5694
9. Vascular smooth muscle cell metabolic reprogramming and phenotypic remodeling in atherosclerosis. Cell Death Discovery, 2025. https://www.nature.com/articles/s41420-025-02932-9
10. Worldwide trends in metabolic syndrome from 2000 to 2023: a systematic review and modelling analysis. Nature Communications, 2025. https://www.nature.com/articles/s41467-025-67268-5