OQ ZOTSIZ KALAMUSHLAR INGICHKA ICHAGINING YOSHGA BOGʻLIQ MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK XUSUSIYATLARI

Tillayev S.S.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, Oʻzbekiston Ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent L.J. Sultonova

Keywords: ingichka ichak, soʻrgʻichlar, kriptalar, morfometriya, kadahsimon hujayralar, yosh dinamikasi.


Abstract

Ingichka ichak devorining meʼyoriy tuzilishi va uning yoshga bogʻliq oʻzgarishlarini aniq bilish har qanday eksperimental-morfologik izlanishda patologik siljishlarni obyektiv baholash uchun asos hisoblanadi. Shu bois anestetiklar va jarohat taʼsirini oʻrganishdan avval sogʻlom hayvonlarda meʼyoriy morfometrik koʻrsatkichlarni yosh boʻyicha qatʼiy belgilash zarur.