OQ ZOTSIZ KALAMUSHLAR O‘PKA TO‘QIMASINING ME’YORIY MORFOLOGIK TUZILISHI VA MORFOMETRIK TAVSIFI

Ismoilov Zafar Zaripovich

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, O‘zbekiston

Keywords: oq zotsiz kalamushlar, o‘pka, alveolalar, bronxlar, postnatal ontogenez, morfologiya, morfometriya.


Abstract

Tadqiqotda postnatal ontogenezning turli davrlaridagi oq zotsiz intakt kalamushlar o‘pka to‘qimasining me’yoriy morfologik tuzilishi va morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot uchun 1, 3 va 6 oylik kalamushlarning o‘pka to‘qimasi tanlab olindi. Gistologik tekshiruvlarda o‘pkaning umumiy arxitektonikasi, alveolalar, alveolalararo to‘siqlar, seroz qatlam, bronxiolalar va bronx devorining tuzilishi baholandi. Yosh ortishi bilan mikroskopning bir ko‘rish maydonidagi alveolalar soni, alveolalararo to‘siqlar va bronx tog‘ay plastinkalarining qalinligi oshib borishi aniqlandi. Seroz qatlam qalinligida esa keskin yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilmadi. Olingan natijalar oq zotsiz kalamushlar o‘pkasining me’yoriy yoshga bog‘liq morfometrik ko‘rsatkichlarini belgilash hamda eksperimental tadqiqotlarda aniqlanadigan patologik o‘zgarishlarni baholash uchun qiyosiy mezon sifatida xizmat qiladi.


References

1. Hsia C.C.W., Hyde D.M., Ochs M., Weibel E.R. An official research policy statement of the American Thoracic Society/European Respiratory Society: standards for quantitative assessment of lung structure // American Journal of Respiratory and Critical Care Medicine. – 2010. – Vol. 181, №4. – P. 394–418.

2. Vidić B., Burri P.H. Morphometric analysis of the remodeling of the rat pulmonary epithelium during early postnatal development // The Anatomical Record. – 1983. – Vol. 207, №2. – P. 317–324.

3. Schittny J.C. Development of the lung // Cell and Tissue Research. – 2017. – Vol. 367, №3. – P. 427–444.