KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY VA MA’NAVIY-MA’RIFIY MEXANIZMLARI

Xamrakulova Farangiz O‘tkir qizi

Yuridik davlat universiteti 2- kurs talabasi

Keywords: Kalit so‘zlar: korrupsiya, korrupsiyaga qarshi madaniyat, halollik, jamoatchilik nazorati, ochiqlik, huquqiy ong, manfaatlar to‘qnashuvi, profilaktika.


Abstract

Annotasiya. Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy huquqiy, institutsional va ma’naviy-ma’rifiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Korrupsiyani faqat jinoiy-huquqiy choralar orqali cheklash yetarli emasligi, uning oldini olishda ochiqlik, hisobdorlik, jamoatchilik nazorati, manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash, huquqiy tarbiya va halollik qadriyatlarini qaror toptirish muhim ekani asoslanadi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida shakllangan huquqiy baza, 2026 yildagi qonunchilik yangiliklari hamda yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning ahamiyati yoritiladi.


References

1. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi O‘RQ-419-son «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, Lex.uz.

2. O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 22 iyundagi O‘RQ-1155-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabrdagi PF-200-son «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni.

4. Ismailov B.I. O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi rivojlanishi. Monografiya. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, 2020.

5. Ismailov B.I. Korrupsiyaga qarshi kurashga oid xalqaro andozalar: xorijiy va milliy amaliyot. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: Yuristlar malakasini oshirish markazi, 2012.

6. Ismailov B.I. Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish. – Toshkent: Turon-Iqbol, 2019.

7. Abdurasulova Q.R. Korrupsiya jinoyatchiligining umumiy tavsifi, sabablari va oldini olish // ProAcademy. – 2018. – №4.

8. Xudoyberdieva V. Davlat boshqaruvini takomillashtirishda korrupsiyaga qarshi kurash omillari // Falsafa va huquq. – Toshkent, 2006. – №2.

9. Korrupsiyaga qarshi kurashish: darslik / Mas’ul muharrir A.Sh. Bekmurodov. – Toshkent: Akademiya, 2022.