ADABIY ERTAK JANRI RIVOJIDA HAMID OLIMJONNING O‘RNI VA UNING UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QITILISH SAMARADORLIGI

HAYITOVA DURDONA JO‘RABEK QIZI

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

MATYOQUBOVA T

f.f.d.(DSc),dots. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Keywords: Kalit so‘zlar: adabiy ertak, ertak-doston, folklor, Hamid Olimjon, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg‘”, janr poetikasi, obrazlar tizimi, ramziy timsol, interaktiv metodika, tajriba-sinov, 5-sinf adabiyot ta’limi.


Abstract

Maqolada XX asr o‘zbek adabiyotida adabiy ertak janrining shakllanish va rivojlanish bosqichlari Hamid Olimjon ijodi misolida tahlil etiladi. Shoirning “Oygul bilan Baxtiyor” va “Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod” ertak-dostonlari xalq og‘zaki ijodi an’analari bilan yozma adabiyotning ijodiy sintezi sifatida o‘rganildi. Tadqiqotning amaliy qismida Toshkent shahridagi 191-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinflarida olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalari aks ettirildi. 48 nafar o‘quvchi (24 nafarli tajriba va 24 nafarli nazorat guruhlari) hamda 12 nafar adabiyot fani o‘qituvchisi ishtirokidagi tajriba davomida muallif tomonidan ishlab chiqilgan interaktiv-tahliliy metodik model tatbiq etildi. Yakuniy nazorat ishi natijalari tajriba guruhida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 49 % dan 82 % gacha (33 % o‘sish), nazorat guruhida esa 48 % dan 64 % gacha (16 % o‘sish) ko‘tarilganini ko‘rsatdi. Olingan natijalar adabiy ertakni o‘qitishda janr-poetik, obrazli-ramziy va interaktiv-tahliliy yondashuvlar uyg‘unligi yuqori samaradorlikka erishtirishini empirik jihatdan tasdiqlaydi.


References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/5841063

2. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 124.

3. Propp V. Ya. Morfologiya skazki. – L.: Academia, 1928. – S. 30–35.

4. Propp V. Ya. Morphology of the Folktale. – Austin: University of Texas Press, 1968. – P. 22.

5. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990. – B. 85.

6. Karimov N. Hamid Olimjon: Hayoti va ijodi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004. – B. 12.

7. Karimov N. Hamid Olimjon ijodida xalq og‘zaki ijodi an’analari // Sharq yulduzi. – 2009. – № 3. – B. 145–152.

8. Sariboyeva M. Hamid Olimjonning ertak-dostonlari mahorati. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2006. – B. 15.

9. Sarimsoqov B. O‘zbek folklorida janrlararo munosabatlar. – Toshkent: Fan, 1986. – B. 92.

10. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010. – B. 156.

11. Olimjon H. Oygul bilan Baxtiyor. Dostonlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1999. – B. 3–20, 33–58.

12. Olimjon H. Mukammal asarlar to‘plami. III jild. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1980. – B. 24–96.

13. Lüthi M. The European Folktale: Form and Nature. – Bloomington: Indiana University Press, 1986. – P. 24.

14. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B. 268.

15. Yo‘ldoshev Q., Yo‘ldoshbekov M. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018. – B. 145–162.

16. Husanboyeva Q. Adabiy ta’limda interfaol usullar. – Toshkent: Turkiston, 2019. – B. 56–72.

17. Yusupov H., Hasanov Sh. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. – B. 78–96.

18. Umumiy o‘rta ta’limning adabiyot fanidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi / Respublika ta’lim markazi. – Toshkent, 2022. – B. 18–24.

19. Raximova U. D. Hamid Olimjon dostonlarida qofiyaning nutqiy xususiyati va badiiy-estetik vazifalari: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Termiz, 2023. – 56 b.