O‘RTA MAKTABLARDA “JANUBIY AMERIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O‘RNI VA O‘RGANILISHI” MAVZUSINI O‘QITISHDA XARITA ASOSIDAGI INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Avezov M.M
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi
Frunzayeva Y.N.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi
Keywords: Janubiy Amerika, geografik o‘rin, xarita asosidagi ta’lim, interfaol metodlar, “Joylashuv” metodi, “Charxpalak” metodi, kartografik savodxonlik, fazoviy tafakkur, geografik obyektlar, taqqoslash, reflektiv fikrlash, o‘zaro baholash, geografiya ta’limi.
Abstract
Mazkur maqolada 7-sinf geografiya darslarida “Janubiy Amerika materigining geografik o‘rni va o‘rganilishi” mavzusini o‘qitishda xarita asosidagi interfaol metodlardan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning xarita bilan ishlash, geografik obyektlarning joylashuvini aniqlash, ularni tahlil qilish va turkumlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Joylashuv” va “Charxpalak” metodlari amaliy sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, “Joylashuv” metodi o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va kartografik savodxonlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etsa, “Charxpalak” metodi o‘zaro tekshirish, taqqoslash va reflektiv tahlil elementlari orqali topshiriqlarni bajarish aniqligini oshirishda nisbatan samaraliroq bo‘ldi. Tajriba natijalariga ko‘ra, xatolar sonining kamayishi va o‘quvchilarning faol ishtiroki ortishi mazkur metodlarning didaktik samaradorligini tasdiqlaydi. Tadqiqot yakunlari xarita asosidagi interfaol metodlardan geografiya ta’limida foydalanish o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fazoviy tafakkurini shakllantirishda muhim pedagogik vosita ekanligini asoslaydi.
References
1. Avezov M.M. Tabiiy fanlar (Science) va geografiya o‘qitish metodikasi. Darslik. –T.: “Ma’rifat”, 2026. — 520 b.
2. Avezov M.M. Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. –T.: “VneshInvestProm”, 2021. — 120 b.
3. Avezov M.M., Hojiyeva M.T., Janzakov A.B., Mirakmalov M.T., Sharipov Sh.M. Geografiya // Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. –T.: “Respublika ta’lim markazi”, 2022. — 160 b.
4. Mirakmalov M.T., Sharipov Sh.M., Avezov M.M., Hojiyeva M.T. Geografiya // Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik. –T.: “Respublika ta’lim markazi”, 2022. — 176 b.
5. Xamroyeva F.A, Hamroyev A.I. Geografiyani o‘qitishda innovatsion metodlar. O‘quv-metodik qo‘llanma. – Samarqand: “ACCESS SERVICE” nashriyoti, 2025. – 74 bet.