KIMYO TA’LIMIDA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH MASALALARI

Urazbayeva Gulnoza Zaxirovna

Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Qo‘chqarova Nargiza Otabekovna

Urganch davlat pedagogika instituti magistranti

Ataullayev Zokir Maxsudovich

Urganch davlat pedagogika instituti dotsenti

Keywords: kimyo ta’limi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, AKT, virtual laboratoriya, multimedia vositalari, interaktiv ta’lim, raqamli ta’lim, ta’lim samaradorligi, innovatsion yondashuv, mustaqil ta’lim


Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada kimyo ta’limida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi hamda ularning o‘qitish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, virtual laboratoriyalarni joriy etish va multimedia vositalaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Kimyo fanini o‘qitishda AKTdan foydalanish orqali murakkab nazariy tushunchalarni vizual va interaktiv tarzda tushuntirish, talabalar bilimini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonini individuallashtirish, talabalar faolligini oshirish va mustaqil ta’limni rivojlantirishda AKTning o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kimyo ta’limi sifatini oshirishning muhim omili ekanligi xulosa qilinadi.


References

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.08.2020 yildagi PQ-4805-son.

2. Ataullayev Z.M., The Role of Virtual and NonStandard Laboratory Experiences in the Development of Student’s Independent Work Skills. // Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 2022. August. ISSN (E): 2795-739X JIF: 8.225. – Р. 15-18.

3. Ataullayev Z., Barqaror rivojlanish konsepsiyasi asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini baholash va takomillashtirish / 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “Yashil” iqtisodiyot” yili davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot: barqaror rivojlanishning yangi modeli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya, 715-719-betlar