MULTIFOKAL ATEROSKLEROZDA INTRASEREBRAL TOMIRLARNING PATOMORFOLOGIK VA IMMUNOGISTOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI

Alauatdiinova Z.X.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Keywords: multifokal ateroskleroz, intraserebral tomirlar, ishemik insult, patomorfologiya, immunogistokimyo, morfometriya, trombogenez. Muammoning dolzarbligi


Abstract

Muammoning dolzarbligi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining 2023-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, serebrovaskulyar kasalliklar dunyo aholisi o‘limi tuzilmasida ikkinchi o‘rinni egallaydi, bunda multifokal ateroskleroz asoratlaridan kelib chiqadigan o‘lim ko‘rsatkichi umumiy o‘lim tuzilmasining 57,65 foizini tashkil etadi. 2020-yilgi BSST ma’lumotlariga asosan, ishemik insult natijasida vafot etganlarning yosh bo‘yicha taqsimotida 45–59 yosh toifasi 50,16 foiz bilan yetakchi o‘rinni egallaydi – aynan mehnatga layoqatli aholi qatlami bo‘lib, bu holat davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Rivojlangan davlatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa mamlakatlari) haftasiga 50–55 soatdan ortiq ishlaydigan kontingentda kasallanish yuqoriligi qayd etilgan bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda ham xuddi shu tendensiya 45–59 yoshli aholi orasida kuzatilmoqda, bu kasallikning “yoshara borishi”dan dalolat beradi. So‘nggi o‘n yillikda serebrovaskulyar kasalliklarning morfometrik va immunogistokimyoviy xususiyatlari, xususan davolashgacha va davolashdan keyingi davrlardagi yoshga va jinsga doir farqlar yetarlicha o‘rganilmagan, aniq diagnostik-prognostik mezonlar ishlab chiqilmagan. Bu esa O‘zbekistonda intrakranial tomirlarning patomorfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini kompleks o‘rganishni, tekshirish usullarini takomillashtirishni dolzarb ilmiy-amaliy vazifaga aylantiradi.


References

1. Arenillas, J. F. (2011). Intracranial atherosclerosis: Current concepts. Stroke, 42(1_suppl_1), S20–S23. https://doi.org/10.1161/STROKEAHA.110.597278

2. Fan, J., Kitajima, S., Watanabe, T., Xu, J., Zhang, J., Liu, E., & Chen, Y. E. (2015). Rabbit models for the study of human atherosclerosis: From pathophysiological mechanisms to translational medicine. Pharmacology & Therapeutics, 146, 104–119. https://doi.org/10.1016/j.pharmthera.2014.09.009

3. Feigin, V. L., Brainin, M., Norrving, B., Martins, S., Sacco, R. L., Hacke, W., ... & Mensah, G. A. (2022). World Stroke Organization (WSO): Global stroke fact sheet 2022. International Journal of Stroke, 17(1), 18–29. https://doi.org/10.1177/17474930211065915

4. Qiao, Y., Zeiler, S. R., Mirbagheri, S., Leigh, R., Urrutia, V., Wityk, R., & Wasserman, B. A. (2014). Intracranial plaque enhancement in patients with cerebrovascular events on high-spatial-resolution MR images. Radiology, 271(2), 534–542. https://doi.org/10.1148/radiol.13130438

5. Ritz, K., Denswil, N. P., Stam, O. C., van Lieshout, J. J., & Daemen, M. J. A. (2014). Cause and mechanisms of intracranial atherosclerosis. Circulation, 130(16), 1407–1414. https://doi.org/10.1161/CIRCULATIONAHA.114.011147

6. Virmani, R., Kolodgie, F. D., Burke, A. P., Farb, A., & Schwartz, S. M. (2000). Lessons from sudden coronary death: A comprehensive morphological classification scheme for atherosclerotic lesions. Arteriosclerosis, Thrombosis, and Vascular Biology, 20(5), 1262–1275. https://doi.org/10.1161/01.atv.20.5.1262