ANESTEZIYADAN KEYIN INGICHKA ICHAKDA YUZAGA KELGAN MORFOLOGIK OʻZGARISHLARNI UZUM DANAGI MOYI BILAN BIOKORREKSIYA QILISH
Tillayev S.S.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, Oʻzbekiston Ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent L.J. Sultonova
Keywords: qoʻshma jarohat, mahalliy va umumiy anesteziya, uzum danagi moyi, biokorreksiya, morfometriya, ingichka ichak.
Abstract
Qoʻshma jarohat va anestetiklarning toksik taʼsiri ingichka ichak shilliq qavatida sekretsiya, gipersekretsiya, yalligʻlanish va kompensator qayta qurilish jarayonlarini keltirib chiqaradi. Bunday oʻzgarishlarni tabiiy antioksidant vositalar bilan yumshatish imkoniyati amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.